Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ruxsatnoma stikeri yopishtirilmagan shaxsiy avtomashinalar haydovchilariga qanday jazo chorasi ko‘riladi?

Ruxsatnoma stikeri yopishtirilmagan shaxsiy avtomashinalar haydovchilariga qanday jazo chorasi ko‘riladi?

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida avtomobillar harakati cheklanishi va maxsus ruxsatnoma bilan harakatlanish haqida xabar berilgan edi. Maxsus ruxsatnoma Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladi.

IIV shaxsiy avtomobilni boshqarish taqiqlangani bilan bog‘liq tartibni buzgani uchun javobgarlik belgilanishi haqida xabar qildi.

54-modda. Epidemiyaga qarshi kurashish qoidalarini buzish

Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida shifoxonadagi ichki tartibga rioya etmaslik, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan o‘tish va davolanish, karantinni o‘tash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring