Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman! Tonirovka bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi. Pardaga tekin ruxsat berildi

Rasman! Tonirovka bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi. Pardaga tekin ruxsat berildi

Fikrlarimiz Hukumat tomonidan inobatga olinib, yana bir o‘zgarish amalga oshdi. Tonirovkaga oid Vazirlar Mahkamasining 2-avgustdagi 646-sonli qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Yangiliklar quyidagicha:

Tonirovkaning yorug‘lik o‘tkazuvchanlik darajasi quyidagicha belgilandi:

  • orqa oyna (lobovoy) – 100% gacha;
  • orqa yon oyna (orqa eshik) – 100% gacha;
  • old yon oynaga (haydovchining yoni) – 50% gacha.
  • old oynaning tepa qismidan 14 sm polosa – 100% gacha;
  • turistik avtobus, mikroavtobus va miniven yon oynalari – 50%gacha.

Tonirovka narxlari biz avvalroq e’lon qilgan loyihadan biroz farqli (ayrim qismlari arzonroq) bo‘lib tasdiqlandi:

  • Orqa oyna (lobovoy) uchun: TEKIN (ruxsatnoma olish shartmas)
  • Old oynaning tepa qismidan 14 sm polosa – TEKIN (ruxsatnoma olish shartmas)
  • Orqa yon oyna (orqa eshik) uchun:
  • jismoniy shaxslarga - 10 barobar (2 mln 230 ming so‘m);
  • yuridik shaxslarga - 10 barobar (2 mln 230 ming so‘m);
  • xorijiy tashkilotlarga - 20 barobar (4 mln 460 ming so‘m).
  • Old va orqa yon oynalar uchun (barcha yon oynalar):
  • jismoniy shaxslarga - 50 barobar (11 mln 150 ming so‘m);
  • yuridik shaxslarga - 50 barobar (11 mln 150 ming so‘m);
  • xorijiy tashkilotlarga - 80 barobar (17 mln 840 ming so‘m).
  • Turistik avtobuslar ham 50 barobar (11 mln 150 ming so‘m) miqdorida.

Parda masalasida ham katta o‘zgarish:

  • agar har ikki tomonda «bokovoy» ko‘zgular bo‘lsa, yengil mashinaning orqa va yon oynalariga pardalar o‘rnatishga ruxsat berildi. Buning uchun ruxsatnoma olish yoki to‘lov qilish shartmas.
  • Ichki ishlar organlari tonirovkaga ruxsat berilganligi to‘g‘risida maxsus emblema (gologramma) beradi va haydovchilar ushbu gologrammani old oynalarga yopishtirib yurishlari lozim;
  • 2 oy muddatda tonirovka uchun belgilangan jarimalar miqdori tonirovka uchun to‘lov stavkalariga teng bo‘lgan miqdorda (hozir 5 mln 575 ming so‘m edi) o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring