Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qizil» hududlarda to‘xtamagan holda avtobuslar harakatiga ruxsat berildi

«Qizil» hududlarda to‘xtamagan holda avtobuslar harakatiga ruxsat berildi

Foto: Xabar.uz

Respublika maxsus komissiyasi axboroti e’lon qilinib, amaldagi karantin talablari 2020-yil 15-iyunga qadar uzaytirilgani haqida xabar bergandik.

Unga ko‘ra, 2020-yil 1-iyundan boshlab bir qator faoliyat turlariga ruxsat berildi.

Shuningdek, «yashil» hududlarda joylashgan sanatoriy, pansionat, bolalar oromgohlari va boshqa dam olish maskanlariga fuqarolarni markazlashtirilgan tartibda tashish uchun viloyatlararo avtobuslar, shu jumladan turistik tashkilotlar avtobuslari qatnovini yo‘lga qo‘yishga RUXSAT BERILDI. Bunda:

  • avtobuslarda haydovchi va yo‘lovchilar tibbiy niqob, tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi lozimligi, shuningdek, ularning tana harorati pirometrlarda o‘lchanib, 37ºS va undan yuqori bo‘lgan holatda ularning avtobus saloniga chiqarilmasligi;
  • avtobuslar viloyatlaro qatnovlarda «qizil» hududlarda to‘xtamagan holda harakatlanadi;
  • avtobuslar doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkaziladi;
  • avtobuslarda harakatlanayotgan yo‘lovchilarning reyslar kesimidagi ro‘yxati (bazasi) yuritiladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring