Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlanadigan avtoishonchnoma bekor qilinadi

Qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlanadigan avtoishonchnoma bekor qilinadi

Notarial xizmat ko‘rsatishning sifat jihatdan yuqori, tezkor bo‘lishi fuqarolarda ishonchni mustahkamlaydi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Prezident tomonidan imzolangan «O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmon ayni shu maqsadlarni nazarda tutadi.

Farmonda nimalar nazarda tutilgan?

Birinchidan, 2020-yil 1-yanvardan xususiy notarial idoralar tashkil etiladi. Bu o‘zgarish aholining notarial idorada navbat kutib qolishi va idorama-idora sarson bo‘lib yurishining oldini oladi.

Notarial palata tashkil etiladi va unga barcha notariuslar a’zo bo‘ladi.

Ikkinchidan, mol-mulklar bilan bog‘liq bitimlarni tasdiqlashda ham bir qator talablar bekor qilinadi.

Xususan, kelayotgan yilning 1-yanvaridan e’tiboran qurilishi tugallanmagan uy-joylarni sotishda hokimliklarning ruxsati, vasiylikdagi shaxs nomidan turar joyni ijaraga (arendaga) berishda vasiylik va homiylik organining roziligi talab etilmaydi.

Uchinchidan, bir qator notarial harakatlarni majburiy notarial tasdiqlash talabi bekor qilinmoqda.

Xususan, 2019-yil 1-oktyabrdan boshlab yaqin qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilinadi.

2020-yil 1-yanvardan boshlab korxonani ijaraga, tekin foydalanishga berish, birlamchi bozorda mol-mulkni lizingga berish va garov (ipoteka) shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinadi.

Farmon haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring