Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident kuyovi «tonirovka» masalasiga kirishdi

Prezident kuyovi «tonirovka» masalasiga kirishdi

Foto:«Telegram»

Prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari va davlat rahbarining kichik kuyovi Otabek Umarov «Instagram» sahifasida avtomobil oynalarini qoraytirish-«tonirovka» masalasiga e’tibor qaratdi. 

«Menga «Instagram»dagi sahifam orqali bahsli mavzu — «tonirovka» borasida juda ko‘p murojaat kelib tushmoqda. Shu sababli va bu aktual mavzuning qisman xavfsizlik masalasi bilan bog‘liqligi uchun o‘z fikrimni bildirishga qaror qildim. Fikrimcha, «tonirovka» mavzusi O‘zbekiston sharoitida dolzarb va o‘rinli ko‘tarilgan. Chunki yurtimizda iqlim sharoiti yoz oylari, ayniqsa, chilla payti juda og‘ir bo‘ladi.

Masalaning muhim ekanligini hamda Internet tarmoqlari orqali jamoatchilik, blogerlar va deputatlar murojaatlarini inobatga olib, biz mutasaddi davlat idoralariga bu masalani amaliyotga joriy qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdik. Hozirda «tonirovka» mavzusi boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqib, har tomonlama ko‘rib chiqilmoqda» deb yozadi Umarov.

Uning fikricha, «avtoulov «tonirovka»si xavfsizlik masalalarini hal qilishda va ta’minlashda bizga to‘siq bo‘lolmaydi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring