Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poygachi «Lasetti»ning egasi aniqlandi va qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda

Poygachi «Lasetti»ning egasi aniqlandi va qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda

Foto: Videolavhadan skrinshot

Toshkent ko‘chalarida navbatdagi «poyga» bo‘lib o‘tgani va qarama-qarshi yo‘nalishda quvishib ketayotgan ikki «Lasetti» avtomobilining videosi Xabar.uz portalida e’lon qilingan edi. IIBB matbuot xizmati ushbu xabarga munosabat bildirdi.

«Internet-tarmog‘ida tarqagan videorolik bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, bugun, 7-avgust kuni taxminan soat 12.15 da Mirzo-Ulug‘bek ko‘chasida qarama-qarshi harakat yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan «Lasetti» rusumli avtomobil Toshkent shahar IIBB YPX inspektorlarining nazariga tushgan.

YPX inspetkorining to‘xtash haqidagi ishorasiga haydovchi bo‘ysunmagan. Hozirgi vaqtda avtomobil davlat raqami (90H295LA) va egasi aniqlandi. Guvohlarning biri tomonidan videoga tushirilgan vaqtda avtomobilni boshqargan va qoidabuzarlik qilgan haydovchini qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda», — deyiladi munosabatda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring