Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Parda mashmashasi» davom etadi. Sud qarori ustunmi yoki IIV izohi?

«Parda mashmashasi» davom etadi. Sud qarori ustunmi yoki IIV izohi?

O‘tgan haftada Buxoro shahar ma’muriy sudi tomonidan avtomobillarning orqa yon oynalariga pardalar o‘rnatish mumkinligi to‘g‘risida qaror chiqarilgani xabar qilingan edi. Ammo oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bu xabarlar asosga ega emas deb chiqdi.

Shu bilan masala hali yopilmaydigan ko‘rinadi. Kuni kecha Oliy Majlis deputati «inspektorlar orqa eshikka parda o‘rnatilishiga jarima qo‘llashni bas qilishlari kerak» deya, O‘zLiDeP fraksiyasidagi va boshqa bir guruh hamkasb deputatlar Ichki ishlar vazirligiga barcha so‘rov kiritishga qaror qilishganini ma’lum qildi.

Qolaversa, Buxorodagi sudda yutib chiqqan fuqaro Botir Baxranov IIV YHXBB munosabatiga javob qaytardi. «Xabar.uz» voqealar tafsilotini yoritib borayotgani bois, fuqaroning ushbu javobini ham e’lon qilishni joiz deb topdi.

«Ma’lumki 2019 yilning 7 sentyabr kunida Buxoro shahar ma’muriy sudi tomonidan avtomobillarning orqa yon oynalariga pardalar o‘rnatish mumkinligi to‘g‘risida qaror chiqarilganligi haqida tarqatilgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdingiz», — deb boshlaydi Botir Baxranov. — «Ushbu munosabatingizda ko‘rsatilgan barcha vajlaringizga o‘z javobimni bildirmoqchiman».

  • Birinchidan:

Sizning fikringiz

Mening javobim

Yuqorida qonun hujjatlaridan asoslar juda to‘g‘ri keltirilgan ofarin.

Lekin «Ya’ni III klass M3 toifadagi avtotransport vositalaridan boshqa toifadagi transport vositalarining yon oynalariga parda (chiy parda, darparda) o‘rnatish taqiqlanadi», deb qo‘shimcha qilingan qismi huquqni muhofaza qiluvchi organ idoralarining fikri deyishga uyalmaysizlarmi? Shuncha katta stollarda o‘tirib fuqarolar uchun mumkin etilgan narsa boshqa narsalarga aloqasi bo‘lmasligini, boshqa harakatni taqiqlamasligini nahot bilmasangizlar?

Qizil bilan belgilangandan boshqa misol keltirgan bandlaringiz bu yozilgan qoidalardir, lekin qizil ichidagi yozganingiz qonunlarda keltirilmaganku. Shu narsani yozganingizga uyat deyman.

Mumkinlik tamoiliga asosan biz oddiy fuqarolarga taqiqlangan narsa uchun javobgarlik belgilangan. Ya’ni taqiqni buzganligimiz uchun javob beramiz. Orqa eshik oynalariga taqiq yo‘q ekanligi sudda isbotlandi. Demak javobgarlik yo‘q.

Shunday ekan, birinchi asosingizga «MUMKINLIK TAMOILI» deb javob beraman. Buni huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga tariflab berishim shart emas deb o‘ylayman.

  • Ikkinchidan:

Sizning fikringiz

Javobim

Judayam to‘g‘ri. E’tibor bering bu yerda «haydovchi joyidan tevarak-atrof ko‘rinishi» cheklanishi taqiqlanyapdi.

  • Uchinchidan:

Sizning fikringiz

Mening javobim:

Avvalo ijtimoiy tarmoqlarda old tomondan tevarak-atrof ko‘rinishi, ya’ni «Perednaya obzornost» (GOST 33988-2016ning 2.14 bandi) tushuntirilgani yo‘q, aksincha sudda dalil sifatida foydalanilgan javob xatlarida keltirib o‘tilgan GOST 33988-2016 (Avtomobilnie transportnie sredstva. Obzornost s mesta voditelya. Texnicheskiye trebovaniya i metodi ispitaniy.) davlatlararo standartining 2.12 «normativnoye pole obzora P» haqida gap ketgan.

Sudda bu bandning ishlatilinib, keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda 180 gradus deb tushuntirilishining asosiy sababi — Ichki ishlar vazirligi YHXBB boshlig‘i X.Saydaliyev tomonidan tasdiqlangan hamda «O‘zstandart» agentligining menga bergan javob xatlarida O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan GOST 33988-2016 davlatlararo standartning 2.12-bandida «haydovchining joyidan tevarak-atrof ko‘rinishi»ga tushuncha berilganligini ma’lum qilgani, bu bandda esa, oddiy til bilan aytganda, «haydovchining joyidan tevarak-atrof ko‘rinishi» haydovchi oldinga qarab turganda 180 gradusga teng maydon deb keltirilganligi sabab bo‘ldi.

Quyida ushbu javob xatlarini taqdim etaman.

 

Ana endi qarang: Nega endi o‘zlaringiz, ya’ni IIV YHXBB, «haydovchining joyidan tevarak-atrof ko‘rinishi» GOST 33988-2016 davlatlararo standartining 2.12 bandi «normativnoye pole obzora P» deb turib, sud yakunidan keyin fikringiz o‘zgarib, o‘z munosabatingizda GOST 33988-2016 davlatlararo standartining 2.13 bandi, ya’ni «obzornost»ga olib qochyapsizlar?

Nega fikringiz o‘zgarib qoldi? Axir o‘zingiz bergan ma’lumot sudda men g‘alaba qozonishimning asosiy sabablaridan biri bo‘ldiyu. Sizlarga mumkinmi, unisi bo‘lmasa bunisiga qarab ketaverish?

GOST 33988-2016 davlatlararo standartining 2.12 bandi «normativnoye pole obzora P» — Uslovnoye pole peredney obzornosti v 180°-nom sektore, raspolojennoye mejdu gorizontalnoy ploskostyu, yavlyayuщyeysya verxney granitsey polya i proxodyaщyey na urovne glaz voditelya, i tremya drugimi ploskostyami, sostavlyayuщimi v sovokupnosti nijnyuyu granitsu polya.

Primechaniye — Vzaimnoye raspolojeniye ukazannix ploskostey v prostranstve ustanovleno nastoyaщim standartom.

  • To‘rtinchidan:

Sizning fikringiz

Mening javobim:

Munosabat bildirishda sizning fikringiz xalq uchun muhim ekanligini, qonun xujjatlari normalarini xalqqa to‘g‘ri yetkazishiz lozim ekanligini nahot bilmasangiz?

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 126-moddasida «tevarak-atrof ko‘rinishi» to‘g‘risida emas, aksincha «haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishi» haqida gap ketgan.

126-modda«Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan oynalar tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno».

Ana ko‘ryapsizmi, siz amaliyotda ham, mana bunday sud qaroriga munosabatingizda ham qoidabuzarlikni noto‘g‘ri malakalayapsiz.

Mana shunday amalda sizning malakalashingiz noto‘g‘ri ekanligini isbotlash maqsadida men izlandim, o‘rgandim va odil sudga ishongan holda sudga ishtirok etdim va... adolat qaror topdi.

Sud, siz o‘zingiz bergan javobga, «O‘zstandart» agenligi bergan javobga, sudda ishtirok etgan xodimingiz fikriga, «O‘zstandart» agenligi xodimi fikriga asosan qaror chiqardi. Ushbu qarorga asosan ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqatildi. Demak, bu asosli. Chunki sizning fikringizdan sudning qarori ustunroq hisoblanadi biz uchun. Odil sudga ishonaman va kurashda davom etaman.

Sizga oxirgi gapim, ko‘rib turganingizdek munosabatingizdagi barcha vajlaringiz asossiz hamda qonuniy choraga sud tomonidan nuqta qo‘yilganligini hisobga olib, endi har xil bo‘lmag‘ur narsalar bilan o‘zingizni gapingizga o‘zingiz qarshi chiqib munosabat bildirmang, deb o‘z javobini yakunlagan Botir Baxranov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring