Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda yangi yo‘l belgilari joriy qilindi (foto)

O‘zbekistonda yangi yo‘l belgilari joriy qilindi (foto)

Foto: «Huquqiy axborot» kanali

Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berilishicha, hukumat qarori bilan Yo‘l harakati qoidalariga quyidagi yangi yo‘l belgilari kiritildi:

«Diqqat, temir yo‘l kesishmasini to‘suvchi qurilma». Mazkur yo‘l belgisi to‘suvchi qurilma bilan jihozlangan temir yo‘l kesishmasiga yetmasdan o‘rnatiladi va haydovchilarni oldinda to‘suvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi.

«Sun’iy yo‘l notekisligi». Mazkur belgi yo‘lning sun’iy notekislik o‘rnatilgan qismiga yaqinlashayotganlik to‘g‘risida ogohlantiradi. Tezlikni majburiy kamaytirish uchun qo‘llaniladi.

«Tirbandlik». Ushbu belgi vaqtinchalik yoki tasviri o‘zgaradigan holatda tirbandlik hosil bo‘lgan yo‘l yoki chorrahaga kirish oldidan yo‘lni yoki chorrahani aylanib o‘tish imkoniyati bo‘lgan joyga o‘rnatiladi.

«Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan»

«Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan»

«Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yo‘lak»

«Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yo‘lakning oxiri»

«Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak»

«Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lakning oxiri»

«Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak»

«Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lakning oxiri»

«Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yo‘nalishi»

«Qizil chiroqda o‘ngga harakatlanish»

«Radar»

«Velosipedchilar uchun yo‘lak»

«Velosipedchilar uchun yo‘lakning oxiri»

«Xalqaro avtotashuvchilarning nazorat punkti»

«Hojatxona»

«Chiqindi yig‘ish joyi»

«Transport vositasining turi»

«Xavfli yuk sinfi»

«Evakuator ishlamoqda»

«To‘siq»

«Piyodalar yo‘lkasi yoki piyodalar va velosipedchilar birgalikda harakatlanishi mo‘ljallangan yo‘lkaning piyodalar uchun mo‘ljallangan qismi»

«Velosiped yo‘lkasi yoki velosiped harakatlanishi uchun mo‘ljallangan tasma»

«Ogohlantiruvchi yo‘l belgilarini takrorlovchi yo‘l chizig‘i»

«Taqiqlovchi yo‘l belgilarini takrorlovchi yo‘l chizig‘i»

«Sun’iy yo‘l notekisligi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring