Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olmazor tumanidagi ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

Olmazor tumanidagi ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

Bugun, 7 dekabr kuni poytaxtimizning Olmazor tumanida «Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun» shiori ostida 5000 metr ommaviy yugurish musobasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan soat 10:00 dan 13:00ga qadar quyida keltirilgan ko‘chalarda avtomashinalar harakati vaqtincha cheklanadi:

TXAY-Sog‘lom avlod ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Sog‘lom avlod ko‘chasi bo‘ylab, Sog‘lom avlod-Shifokorlar ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

Sog‘lom avlod-Shifokorlar ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Shifokorlar ko‘chasi bo‘ylab, Qamarniso-Shifokorlar ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

Qamarniso-Shifokorlar ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Qamarniso ko‘chasi bo‘ylab, Talabalar-Qamarniso ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

 Talabalar-Qamarniso ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Talabalar ko‘chasi bo‘ylab, KXAY-Talabalar ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring