Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Noyob «Ferrari»lardan biri kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Noyob «Ferrari»lardan biri kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Foto: «Dni24»

«Regnum» xabariga ko‘ra, 1979-yilda ishlab chiqarilgan «Ferrari 512 BB» giperkari «Sotheby’s» kimoshdi savdosiga qo‘yildi.

Allaqachon qirqni urib qo‘ygan bo‘lsa-da, mashina hanuz kechagina konveyerdan chiqqandek ko‘zni qamashtiradi. Garchi o‘z davrida bu mashina seriyali ishlab chiqarilgan bo‘lsa-da, ancha-muncha texnik o‘zgarishlarni ko‘rgani uchun ayni shu model tilga tushgan.

Ushbu mashinani 2002-yili xo‘jayini Bob Norvud yanada takomillashtirgan. Seriyali 3,9 l. sig‘imli 5 sig‘imli — 1100 ot kuchiga ega «Testarossa» dvigateliga almashtirilgan. Shundan so‘ng mashina yanada mashhur bo‘lib ketdi.

2018-yili mashina motori yana almashdi — 440 ot kuchiga ega «Fiat-12» dvigateli o‘rnatildi. Qolaversa mashinaga zanglamas po‘latdan ishlangan tutun chiqarish tizimi va eng so‘nggi texnologiyali tormoz tizimi o‘rnatilgan.

Foto: «Dni24»

Mashina o‘rindiqlariga qora tabiiy charm qoplangan.

Mutaxassislar «Ferrari 512 BB» $225-$275 ming atrofida sotilishini taxmin qilishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring