Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mashinada pichoq nima uchun kerak?

Mashinada pichoq nima uchun kerak?

Foto: IIBB axborot xizmati

Jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida Toshkent viloyati IIBB YPX inspektorlari tomonidan 5 kun davomida o‘tkazilgan tadbirda, 500 ga yaqin avtotransport vositalari ko‘zdan kechirilgan bo‘lsa, ularning 64 tasidan turli xil pichoqlar va o‘tkir tig‘li jismlar borligi aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun hududiy ichki ishlar bo‘limlariga topshirildi, deyiladi viloyat IIBB axborot xizmati xabarida.

So‘nggi kunlarda ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar o‘rtasida sodir bo‘layotgan o‘zaro tortishuvlar va uning ortidan pichoqbozliklar haqidagi turfa xabarlar tez-tez ko‘zga tashlanmoqda.

Shu asnoda turli ko‘ngilsiz hodisalar va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida IIBB YPX xodimlari tomonidan bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda amalga oshirilmoqda.

Inspektorlar tomonidan tekshirish uchun to‘xtatilgan transport vositalarini ko‘zdan kechirish jarayonida, avtoulovda har xil turdagi pichoqlar boshqa o‘tkir tig‘li moslamalar boriligi aniqlanyapti. Fuqarolarning aksariyati go‘yoki «o‘zining xavfsizligini ta’minlash uchun» pichoq olib yurganligini aytayotgan bo‘lsa, ayrimlari pichoq va jismlarni avtomobilida nima uchun olib yurganligini izohlab ham bera olmaydilar.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring