Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Malibu, Equinox va Tracker narxlari keskin oshirilishi bo‘yicha rasmiy bayonot berildi

Malibu, Equinox va Tracker narxlari keskin oshirilishi bo‘yicha rasmiy bayonot berildi

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Malibu-2 modellari, shuningdek, yangilangan Equinox va Tracker narxlarini keskin oshirdi. Ushbu avtomobillarning narxi nega oshgani yuzasidan kompaniya izoh berdi.

Qayd etilishicha, lyukli Malibu-2 LTZ 2.0 l (turbo) narxi 324,4 milliondan 369 million so‘mgacha (13,7 foizga), yangilangan Equinox 349 milliondan 414 million so‘mgacha (18,6 foizga), Tracker 240 million so‘mgacha oshdi.

UzAuto Motorsning izoh berishicha, ikkinchi avlod Chevrolet Malibu avtomobillari O‘zbekiston bozorida 2017 yil aprel oyidan paydo bo‘ldi. Har bir yangi Chevrolet Malibu rusumining narxi avtomobil modifikatsiyasidan kelib chiqib tasdiqlangan va shu vaqtga qadar biror marta narxi oshmagan.

«Ikki litr hajmdagi turbomotorli Chevrolet Malibu LTZ Premier Facelift avtomobilining so‘ngi Premium versiyasi 2019 yil oktyabr oyida sotuvga chiqarildi. Ushbu avtomobilning narxi 2021-yil mart oyigacha o‘zgarmadi.

Dollar kursining o‘sishi (30 foizdan ko‘proqqa), Koreya Respublikasi voni kursining dollarga nisbatan mustahkamlanishi (10-15%), pandemiya va boshqa omillar natijasida logistika narxining dunyo miqyosida o‘sishi ushbu avtomobil rusumi narxining yangilanishiga asosiy sabablaridan bo‘ldi.

Bundan tashqari, Chevrolet Tracker avtomobiliga yangi imkoniyatlar qo‘shildi – yangilangan Tracker avtomobili avvalgi rusumlardan ichki iqlim nazorati, elektron boshqariluvchi xaydovchi o‘rindiqlari va sun’iy charmdan ishlangan o‘rindiqlar hamda boshqa qulayliklar iborat Redline majmuasida taqdim etilgan», deyiladi kompaniya xabarida.

Shuningdek, Chevrolet Equinox avtomobilida RS komplektatsiyasida yangilanishi munosabati bilan bir qator qulaylik paydo bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring