Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Lasetti»ning qarama-qarshi yo‘lga chiqishi ayanchli yakun topdi

«Lasetti»ning qarama-qarshi yo‘lga chiqishi ayanchli yakun topdi

Foto: YHXBB axborot xizmati

Bugun, 17 avgust kuni soat 10:30 larda, Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani hududidan o‘tgan 4R-46 avtomobil yo‘lining 22-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, haydovchi, 1961 yilda tug‘ilgan A.Ya. «Lasetti» rusumli avtomobilda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida, haydovchi 1986 yilda tug‘ilgan X.B. boshqaruvidagi «Vaz-21063» rusumli, haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan Sh.M. boshqaruvidagi «Vaz-21011» rusumli hamda haydovchi 1981 yilda tug‘ilgan G‘.X. boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, «Vaz-21011» rusumli avtomobil yo‘lovchisi Z.B. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, ikki nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring