Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kechikkan «Gentra» egasiga yetkazildi

Kechikkan «Gentra» egasiga yetkazildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanidan murojaat kelib tushdi.

Arizachi Xudoyberdi Mustafoyev Qarshi shahridagi «As-Qashqadaryo servis» xizmati tomonidan «Gentra» avtomashinasi uchun 115.679.409 so‘m to‘lov qilib, shartnoma tuzgan. Shartnomada keltirilgan muddatdan ancha vaqt o‘tib ketayotgan bo‘lsada, unga avto ulovi yetkazib berilmayotganligidan qattiq norozi bo‘lgan.

Ushbu vaziyat Qarshi shahar ijro etuvchi apparati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. Fuqaroning qonuniy huquqlari avtosalon xodimlariga tushuntirildi. Natijada qisqa fursatda Xudoyberdi Mustafoyevga «Gentra» avtomashinasi yetkazib berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring