Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Karantinda olib qo‘yilgan velosiped qachon qaytariladi? Jarimasi bormi?

Karantinda olib qo‘yilgan velosiped qachon qaytariladi? Jarimasi bormi?

Foto: xabar.uz

Bugun AOKA shtabida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan vazirlik faoliyatiga oid ko‘tarilgan savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

– Ko‘chaga nonga chiqqanimda velosipedimni olib qo‘yishdi. Qonunan to‘g‘rimi shu? Qaytarib olish tartibi qanday? Avtotransportga o‘xshab JARIMA PULI to‘lamaymizmi?

– Hukumat avtotransportda harakatlanishga cheklov qo‘yishga majbur bo‘ldi. Shunda nima bo‘ldi — fuqarolar tushunmasdan, ishonchni sui’stemol qilib, velosipedlarda bemaqsad ko‘chalarda yurishni boshladi. Xatto avtotransport yo‘qligidan foydalanib katta ko‘chalarda poyga o‘ynadilar. Odamlar velosipedda sayr qilib yurdi.

Shundan so‘ng hukumat buni ham cheklashga majbur bo‘ldi.

Xukumat komissiyasining qarori Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralariga karantin qoidalarini buzib, bemaqsad ko‘chada yurgan fuqarolarga qat’iy chora ko‘rish huquqini bergan.

Bular ichida:

  • qoidabuzarlarning avtotransport vositalarini karantin tugaguncha jarima maydonlarida saqlash, bunda jarima maydonida saqlanayotgan transport vositasini kunlik to‘lovi to‘liq tartibda undirib olinadi;
  • ko‘chaga bemaqsad chiqqan fuqarolarga tegishli velosiped va skuterlarni olib qo‘yib, ichki ishlar organlarida karantin tugaguncha saqlash, bunda KUNLIK TO‘LOV YO‘Q, karantin tugugandan keyin shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan kelib olib ketishingiz mumkin;
  • ko‘chaga bemaqsad chiqqan piyoda fuqarolarni to‘xtatib, ularni ogohlantirish, ulardan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini talab qilish, hujjati bo‘lmasdan shaxsini aniqlashga zarurat tug‘ilsa, ichki ishlar organlariga olib borish, qarshilik ko‘rsatgan fuqarolarga qat’iy huquqiy choralar ko‘rish va xokazo.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring