Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«JV MAN Auto-Uzbekistan»ga 12,1 mln dollarlik xorijiy investitsiya kiritiladi

«JV MAN Auto-Uzbekistan»ga 12,1 mln dollarlik xorijiy investitsiya kiritiladi

«O‘zavtosanoat» AJ, «Sinotruk International Investment Limited» va «MAN Truck & Bus SE» o‘rtasida mavjud «JV MAN Auto-Uzbekistan» MChJ QK bazasida «UZ TRUCK AND BUS MOTORS» MChJ QK tashkil etish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

Buning natijasi o‘laroq, «Sinotruk» kompaniyasi «JV MAN Auto-Uzbekistan» MChJ QK muassislari tarkibiga kirdi va korxona ustav fondiga 12,1 mln dollar hajmida bevosita investitsiyalar kiritdi. «Sinotruk» kabi sherikni tanlash ushbu texnikaning O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bozorida mashhurligi, mahsulotning hammabopligi, sifati va keng assortimenti, shuningdek 2009 yildan buyon «Sinotruk» kompaniyasining 25% plyus 1 aksiyasi Germaniyaning «MAN Truck & Bus SE» («JV MAN Auto-Uzbekistan» MChJ QK muassislaridan biri) konserniga tegishli ekanligi bo‘ldi.

Investitsiyalar ishlab chiqarish quvvatlarini yiliga 3 ming tijorat texnikasidan 6 ming donaga yetkazish, yangi modellar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va butlovchi detallarni mahalliylashtirishga yo‘naltiriladi. Ushbu loyiha 100dan ortiq ish o‘rinlari yaratish, korxonaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek ishlab chiqarilayotgan tijorat texnikasi mahalliylashtirish darajasini 50%gacha yetkazish imkonini beradi.

Ushbu qaror bozorni arzonroq, shu bilan birga sifatli bo‘lgan, raqobatbardosh va xaridorlar uchun hamyonbop yuk avtomobillari bilan ta’minlash, respublika ichida turli brendlar o‘rtasida raqobatni oshirish, shuningdek yuk ko‘tarish qobiliyati 5 tonnadan 70 tonnagacha bo‘lgan, jumladan samosvallar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish maqsadida qabul qilindi.

Ma’lumot uchun:

«Sinotruk» turli brendlar ostida kichik, o‘rta va katta yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega tijorat texnikalarini, shuningdek maxsus maqsadlardagi yuk atvomobillarini ishlab chiqaradi. Kompaniya Xitoyda og‘ir yuk avtomobillari ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha birinchi zrinda turadi, 2019 yilda ular 350 ming dona chiqarilgan. «Sinotruk» tovar aylanuvi o‘tgan yilda 15,7 mlrd AQSh dollarini tashkil qildi, uning Xitoyda 20 zavodi va xorijda 8 ta korxonasi mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring