Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Infinbank» «UzAuto Motors» avtomobillariga kredit muddatini uzaytirdi

«Infinbank» «UzAuto Motors» avtomobillariga kredit muddatini uzaytirdi

«Infinbank» «UzAuto Motors» avtomobillariga kreditlar taqdim etish muddatini 2019-yilning 15-noyabriga qadar uzaytirayotgani haqida ma’lum qildi.

Avtokreditlar 36 oy muddatga yillik 23,99% ustama bilan Cobalt (4 poz. A/T), Lacetti, Tracker hamda Malibu avtomobillariga taqdim etiladi. Dastlabki to‘lanadigan badal avtomobilning 25 foizini tashkil qiladi.

Buning uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

- kredit oluvchining pasporti,

- kredit olish to‘g‘risida ariza,

- daromad to‘g‘risida ma’lumotnoma(oxirgi 6 oylik tushumlar),

- avtomobil yetkazib berish shartnomasi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring