Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikkita «Captiva-4» uchun 63 000 AQSh dollari bergan shaxs aldanib qoldi

Ikkita «Captiva-4» uchun 63 000 AQSh dollari bergan shaxs aldanib qoldi

2021-yilning 17-mart kuni 51 yoshli Doniyor M. Toshkent shahri, Olmazor tumani Beruniy ko‘chasida 46 yoshli Bahodir A.ga o‘zini avtomashina oldi-sotdisi bilan shug‘ullanishini ma’lum qiladi.

Qisqa fursatda ikkita «Captiva-4» rusumli avtomashina olib berishini va’da qilib, jami 63 000 AQSh dollar pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan firibgar, bergan va’dasini bajarmasdan o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Doniyor M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a” bandi (Firibgarlik, ya’ni aldash, ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini juda ko‘p miqdorda qo‘lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring