Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV YHX bosh boshqarmasi «Sud orqa eshikka parda o‘rnatishni qonuniy deb topdi» xabarini asossiz deb hisoblamoqda

IIV YHX bosh boshqarmasi «Sud orqa eshikka parda o‘rnatishni qonuniy deb topdi» xabarini asossiz deb hisoblamoqda

Foto: protoday.uz

Buxoro shahar ma’muriy sudi tomonidan avtomobillarning orqa yon oynalariga pardalar o‘rnatish mumkinligi to‘g‘risida qaror chiqarilgani xabar qilingan edi. Ammo O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu xabar asosga ega emas.

«2019 yil 6 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahar ma’muriy sudi tomonidan avtomobillarning orqa yon oynalariga pardalar o‘rnatish mumkinligi to‘g‘risida qaror chiqarilganligi haqida tarqatilgan xabarlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi va quyidagilar ma’lum qilinadi.

Birinchidan: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 avgustdagi «Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 646-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgan.

Ushbu o‘zgartirishlarga ko‘ra Yo‘l harakati qoidalari 3-ilovasi (Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar) 7.4-bandining izohida III klass M3 toifadagi avtotransport vositalarining (konstruksiyasi yo‘lovchilarni faqat o‘tirgan holda tashish uchun mo‘ljallangan avtobuslar) orqa va yon oynalariga pardalar, ikki yonga orqa tomonni ko‘rish uchun tashqi ko‘zgusi mavjud bo‘lgan barcha toifadagi avtotransport vositalari orqa oynalarining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirishga (qoraytirishga), shuningdek, ushbu orqa oynalarga parda (chiy parda, darparda) o‘rnatishga ruxsat berilishi belgilangan.

Ya’ni III klass M3 toifadagi avtotransport vositalaridan boshqa toifadagi transport vositalarining yon oynalariga parda (chiy parda, darparda) o‘rnatish taqiqlanadi.

Ikkinchidan: Yo‘l harakati qoidalari 3-ilovasining 7.3-bandiga asosan haydovchi joyidan tevarak-atrof ko‘rinishini cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan va qoplamalar tushirilgan bo‘lsa avtotransport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

Uchinchidan: Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarda GOST 33988-2016 (Avtomobilnie transportnie sredstva. Obzornost s mesta voditelya. Texnicheskiye trebovaniya i metodi ispitaniy.) davlatlararo standartida keltirilgan tushunchalar noto‘g‘ri talqin qilingan.

Jumladan, «Tevarak-atrof ko‘rinishi» (obzornost) va «Old tomondan tevarak-atrof ko‘rinishi» (perednaya obzornost) tushunchalari chalkashtirib yuborilgan.

Vaholanki, Yo‘l harakati qoidalari 3-ilovasining 7.3-bandida haydovchi joyidan tevarak-atrof ko‘rinishi, ya’ni (obzornost) nazarda tutilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarda esa faqat «Old tomondan tevarak-atrof ko‘rinishi» (perednaya obzornost) gapirilib, amaldagi me’yoriy hujjatlar noto‘g‘ri talqin qilingan.

GOST 33988-2016 (Avtomobilnie transportnie sredstva. Obzornost s mesta voditelya. Texnicheskiye trebovaniya i metodi ispitaniy.) davlatlararo standartida «Tevarak-atrof ko‘rinishi» (obzornost) va «Old tomondan tevarak-atrof ko‘rinishi» (perednaya obzornost) tushunchalari aniq ko‘rsatib berilgan.

(Obzornost: Konstruktivnoye svoystvo TS, xarakterizuyuщyeye ob’yektivnuyu vozmojnost i usloviya vospriyatiya voditelem vizualnoy informatsii, neobxodimoy dlya bezopasnogo upravleniya TS.

Perednaya obzornost: Obzornost cherez peredneye i bokovie okna kabini, ogranichennaya polem zreniya voditelya, ravnim 1800, v gorizontalnoy ploskosti pri napravlanii linii vzora s mesta voditelya paralelno srednoy prodelnoy ploskosti TS.)

To‘rtinchidan: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 126-moddasida ham «Tevarak-atrof ko‘rinishi» (obzornost) to‘g‘risida ko‘rsatilgan.

Ya’ni, Kodeksining 126-moddasi bo‘yicha ma’muriy hujjatlar malakalanishida «Tevarak-atrof ko‘rinishi» (obzornost) hisobga olinadi.

Yuqorida bayon etilganlarga asosan, O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi 2019 yil 6 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarni asossiz deb hisoblaydi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasida Buxoro shahar ma’muriy sudi tomonidan chiqarilgan qaror to‘g‘risida aniq ma’lumotlar mavjud emas», — deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan tarqatilgan rasmiy bayonotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring