Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ichki ishlar xodimi piyodaning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Unga chora ko‘riladimi?» — Rasmiy munosabat

«Ichki ishlar xodimi piyodaning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Unga chora ko‘riladimi?» — Rasmiy munosabat

Foto: 24 Kanal

2019 yilning 2 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Ichki ishlar xodimi piyodaning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Unga chora ko‘riladimi?» sarlavhasi bilan tarqatilgan xabar Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berib o‘tdi.

«Haqiqatdan ham joriy yilning 20 iyul kuni soat 22:35larda, 1985 yilda tug‘ilgan B.Z. otasiga tegishli «Lacetti» rusumli avtomashinani minib chiqqan. U Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, «Xo‘jakent» mahalla fuqarolari yig‘ini hududidan o‘tuvchi 4R12 «Bektemir-Chorbog‘» avtomobil qatnov yo‘lining 72-km. bo‘ylab, Bektemir yo‘nalishi tomondan Chorbog‘ yo‘nalishi tomonga qarab boshqarib ketayotgan bo‘lgan. O‘sha vaqtda B.Z. o‘z yo‘nalishiga nisbatan chap tomondan, o‘ng tomonga harakatlanib o‘tayotgan piyodani, 1962 yilda tug‘ilgan S.R.ni avtomashinaning oldi tomoni bilan urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Natijada S.R. olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyida vafot etgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borish jarayonida, haydovchi B.Z. Andijon viloyatida joylashgan harbiy qismda ishlashi aniqlanib, to‘plangan hujjatlar Bo‘stonliq tuman prokuraturasiga yuborildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan hududiy harbiy prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ayrim ijtimoiy manbalar noto‘g‘ri xabarlar tarqatib, O‘zbekiston Respublikasining «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi (11-modda, Axborotning to‘g‘riligi uchun javobgarlik) va «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi (7-modda, Axborotdan hamma erkin foydalanishi mumkinligi va uning haqqoniyligi) qonunlarini buzib faoliyat olib bormoqda. Bu bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan ta’minlamoqdalar», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring