Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ganga» ko‘prigi ustida to‘qnashgan avtomashinalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi

«Ganga» ko‘prigi ustida to‘qnashgan avtomashinalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi

Shayxontohur tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berganligi haqidagi Internet tarmog‘ida tarqalgan xabarlar Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. YTH haqida O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Kecha, 2 iyun kuni soat 19:00 larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Sebzor va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasidagi «Ganga» avtomobil ko‘prigida aniqlanmagan «Cobalt» avtomobili keskin to‘xtagani sababli yetti nafar bir yo‘nalishda harakatlangan avtomobillar masofa saqlamaganliklari tufayli to‘qnashdilar, ya’ni:

1) 38 yoshli Otabek N. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili;

2) 28 yoshli Azizjon M. Boshqargan Spark avtomobili;

3) 24 yoshli Shoxruh boshqaruvidagi Nexia avtomobili;

4) 43 yoshli Turkiya fuqarosi Byulent T. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili;

5) 34 yoshli Zafar M. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili;

6) 25 yoshli Sobitjon E. boshqargan Toyota avtomobili;

7) 29 yoshli Sirojiddin T. boshqargan Malibu avtomobili;

Xabar berilishicha, YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. YTHning barcha ishtirokchilariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan yo‘llarda harakatlanganda ehtiyotkor bo‘lishlarini, o‘zlari va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini, haydovchilar oraliq masofani saqlab yurishlarini so‘rab qolamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring