Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eski avtomobilingizni yangisiga almashtirasizmi? «TRADE-IN» dasturi ishga tushmoqda

Eski avtomobilingizni yangisiga almashtirasizmi? «TRADE-IN» dasturi ishga tushmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4397-sonli qaroriga muvofiq xaridorlar tomonidan ilgari foydalanilgan o‘zlariga tegishli avtotransport vositalarini topshirish hamda ular qiymatidagi farqni to‘lash orqali mahalliy avtomobillarning yangisini xarid qilish imkonini beruvchi «TRADE-IN» dasturi ishga tushirilmoqda.

Ushbu dasturning yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan, 2019-yilning 26-oktyabr kuni soat 18:00 da «UzAuto Motors Service & Trade-In Center» markazida dasturning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Elbek ko‘chasi, 61 uy (mo‘ljal: «Do‘stlik» metro bekati).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring