Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng tirband shaharlar ro‘yxati (TOP-10)

Eng tirband shaharlar ro‘yxati (TOP-10)

Foto: moscowchanges.ru

Yo‘llari eng tirband bo‘lgan shaharlarning yillik reytingi TomTom navigatsiya kompaniyasi tomonidan e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Moskva 2020-yilda eng tirband bo‘lgan shahar sifatida qayd etilgan. 

Moskva yo‘llarning tirbandlik darajasi ko‘rsatkichi bo‘yicha 54 foiz  bilan birinchi qatorda turibdi.  Bu shuni anglatadiki, tirbandlik paytida o‘rtacha harakat vaqti bo‘sh yo‘llarga qaraganda 54% ko‘proq davom etgan. Yo‘llardagi harakat darajasi kamligi esa 66 kun davomida kuzatilgan, ularning aksariyati bahorgi o‘zini o‘zi izolyasiya qilish davriga to‘g‘ri kelgan.

Ikkinchi o‘rinni 53% ko‘rsatkich bilan Mumbay (Hindiston), uchinchi o‘rinni xuddi shunday ko‘rsatkichga ega Bogota (Kolumbiya) shaharlari egalladi.  Kuchli o‘nlikka, shuningdek, Manila (Filippin), Istanbul (Turkiya), Bengaluru (Hindiston), Kiyev (Ukraina), Nyu-Dehli (Hindiston), Novosibirsk va Bangkok (Tailand) kirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring