Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevrobenzin. Eng hamyonbopi qayerda?

Yevrobenzin. Eng hamyonbopi qayerda?

Foto: «BBC»

«RIA Reyting» Yevropaning qaysi mamlakatlarida eng hamyonbop benzin sotilishini aniqladi. Xabarga ko‘ra, lyuksemburgliklar hammadan ko‘ra qulay narxlardagi benzinni xarid qilishmoqda.

Ikkinchi o‘rinda — Norvegiya. To‘g‘ri, bu yerda yonilg‘i narxi qimmat, biroq maosh ham Yevropa bo‘yicha eng yuqorilardan. Yetakchi beshtalikka Avstriya, Irlandiya va Buyuk Britaniya ham kiritildi.

Rossiya 16-o‘rin bilan reytingning o‘rtalarini zabt etdi.

Buni qarangki, reytingga ko‘ra, yonilg‘i narxining eng yuqori ko‘rsatkichi Ukraina aholisiga to‘g‘ri kelgan. Mamlakat fuqarosi muayyan pulga lyuksemburgliklarga qaraganda 10, rossiyaliklarga nisbatan 3,3 baravar kam benzin xarid qiladi. Yana shunisi ham ajablanarliki, Ukrainada benzin narxi Yevropa bo‘yicha eng arzoni, ammo ularda ish haqi ham juda past-da.

Reytingning eng quyi o‘rinlarini Bolgariya, Ruminiya, Latviya va Belarus egallagan.

Tahlil 2019-yil iyul oyi boshlariga taalluqli statistik ma’lumotlarga tayanib, Yevropa mamlakatlari aholisining o‘rtacha oylik maoshi hamda 95 raqamli benzin narxidan kelib chiqib amalga oshirilgan. Faqat Norvegiya va Ukraina uchun 2019-yilning may oyidagi ma’lumotlardan foydalanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring