Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diqqat! O‘zbekistonning asosiy avtomobil yo‘li vaqtincha yopildi

Diqqat! O‘zbekistonning asosiy avtomobil yo‘li vaqtincha yopildi

Foto: «O‘zA»

Ayni paytda Toshkent shahri va respublikamizning 8 viloyatini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasini bog‘lovchi «Olmaota – Bishkek – Toshkent – Termiz» avtomobil yo‘li 865-kilometrining Toshkent viloyati Chinoz tumani hududida joylashgan Yallama ko‘prigida qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Shu sababli respublikamizning boshqa viloyatlaridan Toshkent shahriga kelayotgan avtomobillar tirbandligi yuzaga kelmoqda.

«Olmaota – Bishkek–Toshkent – Termiz» avtomobil yo‘lining 871-kilometrida joylashgan ikkinchi darajali yo‘l orqali «Toshkent – Dushanbe» yo‘liga o‘tib, Toshkent shahriga yetib olish mumkin. Haydovchilardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz, deya vaziyatni izohlagan Toshkent viloyati YHXB.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring