Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daniyada «qizillar» avtomobil boshqarganlik uchun boj so‘rashyapti

Daniyada «qizillar» avtomobil boshqarganlik uchun boj so‘rashyapti

Foto: «Regnum»

Daniyada «qizil blok» partiyalari sotsial-demokratlarga bosimni kuchaytirmoqda, ularning galdagi talabi shu: avtotransportga bojni oshirish, ularni boshqarganlarga soliq solish kerak. Bu haqda «REGNUM» xabar berdi.

«Yagona ro‘yxat» partiyalarining siyosiy masalalar bo‘yicha vakili Pernille Skiper bayonot berishicha, agarda hukumat haqiqatan ham benzin va dizelli avtomobillardan voz kechish barobarida ko‘plab milliard daromadni yo‘qotishni istamasa bu bojning kiritilishi tayin.

«Yagona ro‘yxat» partiyalari tomonidan chiqarilgan 2030-yilgacha iqlimiy rivojlanish rejasida shahar ichida har bir kilometr uchun 0,19 dollar, avtomagistrallarda har ikki kilometr uchun 0,15 dollardan boj kiritish taklif etilgan», deb yozadi Daniyada chop etiladigan «Jyllands-Posten» («Yullands-Posten») gazetasi.

Gazetaga intervyusida Pernille Skipper partiya kelgusi tafsilotlarni muhokama qilishga tayyor ekanini, biroq boj joriy etilishi o‘ta zarurligini aytdi. U yangi hukumat mazkur masala bo‘yicha zudlik bilan ishga kirishishiga umid bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring