Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiqda yonib ketgan «Cobalt» mashmashasi hamon davom etmoqda

Chirchiqda yonib ketgan «Cobalt» mashmashasi hamon davom etmoqda

Foto: Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bundan olti oy muqaddam Chirchiq shahrida o‘z-o‘zidan yonib ketgan «Cobalt» avtomashinasi hususida ma’lumot bergan va sa’y-harakatlardan so‘ng iste’molchiga javobgar «QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS» MChJ tomonidan 97.479.380 (to‘qson yetti million to‘rt yuz to‘qson yetti ming uch yuz sakson) so‘m miqdorda kompensatsiya undirilishi to‘g‘risida sud qaroriga erishilgani xususida ma’lum qilingan edi, deb xabar bermoqda federatsiya matbuot xizmati.

Buni qarangki, ushbu muammo shu bilan yakun topmadi. «QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS» MChJ rahbariyati ushbu qarordan norozi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga nazorat tartibida murojaat qilgan. 2019-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan «QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS» MChJ tomonidan nazorat tartibida berilgan shikoyat ko‘rib chiqildi va quyidagicha ajrim qildi:

«Javobgar «QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS» MChJ rahbarining shikoyati bo‘yicha sud hujjatini nazorat tartibida qayta ko‘rish uchun asoslar mavjud emas deb topilsin».

Bundan tashqari «QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS» MChJ dan davlat daromadiga 3.899. 896 (Uch million sakkiz yuz to‘qson to‘qqiz ming sakkiz yuz to‘qson olti so‘m) davlat boji undirilishi ham sud qarorida keltirib o‘tildi. 

Xulosa o‘rnida esa shunday deymiz, haqiqat har qanday tegirmondan butun chiqadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring