Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda Qozog‘iston avtobusi «avariya»ga uchradi, bir kishi vafot etdi

Buxoroda Qozog‘iston avtobusi «avariya»ga uchradi, bir kishi vafot etdi

Foto: Buxoro viloyat IIB

2019 yil 04 avgust kuni soat 18:30 larda «Buxoro-Xorazm» (Olmaota-Nukus) yo‘nalishida harakatlanib borayotgan Qozog‘iston Respublikasida ro‘yxatga olingan «VANHOOL» rusumli, KZ 545 ARV13 davlat raqam belgili yo‘lovchi avtobusi «avariya»ga uchradi. Bu haqda Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Xabarda aytilishicha, Jondor tumani «Luqmon» MFYga qarashli cho‘l massivi hududidan o‘tuvchi A-380 xalqaro yo‘lining 299 kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida avtobusda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1 nafar shaxs voqea joyida vafot etgan, 2 nafar shaxs og‘ir va 8 nafari turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Avtobusda bo‘lgan barcha yo‘lovchilarga birinchi tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holat bo‘yicha Buxoro viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yo‘l transport hodisasi sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring