Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun Quyichirchiqda ikki avtobus YTH sodir etdi. Bir kishi vafot etgan

Bugun Quyichirchiqda ikki avtobus YTH sodir etdi. Bir kishi vafot etgan

Foto: Google.com

Bugun, 8 noyabr kuni soat taxminan 07.00 larda Toshkent viloyati Quyichirchiq tuman Tinchlik MFY hududidan o‘tuvchi To‘ytepa - Yangiyo‘l yo‘lining 52-kilometrida ikki avtobus ishtirokida YTH sodir etildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmati xabar berib o‘tgan.

Yangiyo‘l tumanida joylashgan «KAMOLAT-TRANS» MChJ ga qarashli «ISUZI 10 830 JBA» haydovchisi A.A. boshqaruvidagi avtobus bilan Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan «ASIAN BEBI TEXITEL» MChJ ga qarashli «ISUZU 10V 328 OA» haydovchisi J.B. quvib o‘tish qoidasini buzishi natijasida avtobuslar bir-biriga tegib, J.B. boshqaruvidagi avtobus yo‘lning qatnov qismidan chiqib ketishi natijasida YTH sodir bo‘lgan.

Natijada 1976 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi I.B. olgan tan jarohati bilan Quyichirchiq tumani markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Shuningdek, qolgan bir nechta fuqarolarga Oqqo‘rg‘on TMSh va Quyichirchiq TMSh da birinchi yordam ko‘rsatilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Hozirda ularning bir nafari davolanish uchun tibbiyot bo‘limiga joylashtirilgan. Qolgan barcha fuqarolar salomatligida muammo bo‘lmaganligi sababli tibbiyot muassasasida qolishmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring