Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bu senga futbolka emas»: mashinasi raqamini qo‘lda o‘zgartirgan futbolchi jazolandi — avval politsiya, keyin klubi...(video)

«Bu senga futbolka emas»: mashinasi raqamini qo‘lda o‘zgartirgan futbolchi jazolandi — avval politsiya, keyin klubi...(video)

Skrinshot

Avtomobilining davlat raqamiga o‘z qo‘li bilan o‘zgartirish kiritgan «Guanchjou Evergrand» (Xitoy) klubi futbolchisi Yu Xanchao politsiya tomonidan ushlandi. Bu haqda «Marca» yozmoqda.

33 yoshli futbolchi ko‘chaning o‘zidayoq avtoraqamidagi E ni F ga o‘zgartirayotgan jarayon kameralarga tushib qoldi.

Keyinchalik uni politsiya olib ketib, 15 sutkaga qamadi. Bundan tashqari, u 600 yevro jarimaga tortilib, haydovchilik guvohnomasidagi 12 ballni yo‘qotdi.

Ammo Yu Xanchaoga eng og‘ir jazoni klubi berdi — shartnomasini bekor qildi. Chunki «Guanchjou Evergrand» nizomida qonunni buzgan o‘yinchilarning shartnomasi bekor qilinishi to‘g‘risida band bor.

Nega E ning o‘rniga F degan savol tug‘iladi? Hamma balo futbolchining mashinasiga yopishtirilgan E harfida. Chunki amaldagi tartibga ko‘ra, shunaqa raqami borlar Guanchjou ko‘chalarida mashinalarini ketma-ket to‘rt kun boshqarishlariga ruxsat bor. Keyingi 96 soat, ya’ni to‘rt kun bu mashinani ko‘chaga haydab chiqish taqiqlanadi. Hammasi oddiy: to‘rt kun haydash, to‘rt kun dam.

Darvoqe, «Guanchjou Evergrand» bosh murabbiyi — afsonaviy Fabio Kannavaro.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring