Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bo‘stonliqdagi ayrim yo‘llarda avtomobil harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Bo‘stonliqdagi ayrim yo‘llarda avtomobil harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Bo‘stonliq tumanidagi ayrim yo‘llarda to‘rt kun davomida avtomobil harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati ma’lum qilib o‘tdi.

Toshkent viloyatida joriy yilning 25 fevral kunidan 28 fevral kuniga qadar velosiped sportining «Shosse» yo‘nalishi bo‘yicha «V.Iskandarov» xotirasiga bag‘ishlangan Xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi. Ushbu Xalqaro turnirni yuqori saviyada o‘tkazish va musobaqa ishtirokchilarini xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 25-26-27-28 fevral kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi 4R12 «Bektemir-Chorbog‘» avtomobil yo‘lining 33 kilometridan (Bo‘stonliq tumani, «Abay» aholi yashash joyiga kirish qismidan) 54 kilometrigacha (Bo‘stonliq tumani, G‘azalkent shahriga kirish qismi) bo‘lgan qismida soat 10:30 dan 15:00 ga qadar vaqtinchalik avtomobil harakati to‘xtatiladi.

Ushbu munosabat bilan Bo‘stonliq tumaniga dam olish maqsadida boruvchi va ushbu yo‘ldan muntazam harakatlanuvchi haydovchilarga 4R6 «Toshkent-Chirchiq-Chimyon» avtomobil yo‘lidan (Chirchiq shahar orqali) harakatlanish tavsiya etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring