Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomobillarni tyuning qilishga ruxsat berish to‘g‘risida petitsiya e’lon qilindi

Avtomobillarni tyuning qilishga ruxsat berish to‘g‘risida petitsiya e’lon qilindi

Foto: «auto-uzbekistan.com»

«Menim fikrim» jamoaviy murojaatlar portaliga transport vositalarini tyuning qilishga qonuniy ruxsat berish to‘g‘risida petitsiya joylashtirildi.

Petitsiya muallifi rivojlangan avtomobilsozlikka ega bo‘lgan mamlakatda parallel ravishda unga nisbatan mutanosib bo‘lgan sanoatni ham rivojlantirish kerak deb hisoblaydi. Masalan, tuning – transport vositalarini takomillashtirish shular jumlasiga kiradi. Mazkur masalaning davlat darajasida hal etilishi mazkur sohaning erkin rivojlanishi uchun sharoit yaratishga, ushbu soha mutaxassislarining salohiyatini ochishga, havaskorlarning ijodiy va konstruktorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beradi.

Avtotransport vositasini qonuniy darajada takomillashtirish, shuningdek, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, ushbu sohada noyob milliy brendlarni shakllantirishga turtki beradi, deyiladi petitsiyada.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring