Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avtomobil g‘ildiragining yeyilishi qanchalar xavfli? Shu havodan hamma nafas oladi

Avtomobil g‘ildiragining yeyilishi qanchalar xavfli? Shu havodan hamma nafas oladi

Foto: Avtonov.info

Mamlakatimizda 60 foiz yoki yirik shaharlarimizda 80 foizdan ortiq transport vositasi atmosfera havosining ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda. Bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida deyarli 95 foizga to‘g‘ri keladi. Avtomobil ichki yonuv dvigatellaridagi gaz qoldig‘i havoda is gazining yig‘ilib borishiga sabab bo‘lmoqda. Havoda is gazi miqdori ortishi natijasida yorug‘lik energiyasi issiqlik energiyasiga aylanib, inson uchun o‘ta xavfli «issiqxona effekti» hosil bo‘ladi.

1000 ta avtomobil g‘ildirak rezina balonlarining yeyilishidan bir yilda havoga o‘n-o‘n ikki ming kilogrammgacha oltingugurtli rezina changi chiqariladi. Moskva, Yerevan, Nyu-York, Toshkent, Dehli, Milan kabi shaharlar havosidagi is gazi miqdori ruxsat etilgan normadan 7-12 barobar ziyod ekani aniqlangan.

Avtomobil rezina shinalaridan havoga ko‘tarilgan oltingugurt angidridlari atmosfera havosi tarkibidagi suv tomchilarida erib ketadi va fotokimyoviy reaksiyalar asosida sulfat kislota hosil qiladi. Bu kislota havodan og‘ir bo‘lganligi uchun yer yuzasiga tushib, tuproqni ifloslantiradi, o‘simliklarni zararlaydi. Shuningdek, turli allergik kasalliklarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 avgustdagi “Yo‘l harakati xavfsizligi kunini o‘tkazish va yo‘l transport hodisalari profilaktikasining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada yana bir ezgu qadam bo‘ldi, deb o‘ylagandik.

Qarorga muvofiq, endi har oyning uchinchi juma kunida «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkazilishi kerak edi. Ammo bu qaror tezda unutildi. Havomiz esa avtomobil is gazlaridan ifloslanishi davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring