Мобильное приложение Xabar.uz для Android устройств. Скачать ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Скачать ×

«Sivilizatsiyalashgan insoniyat» yalang‘och xotinlarni deb halokatga uchraydi

«Sivilizatsiyalashgan insoniyat» yalang‘och xotinlarni deb halokatga uchraydi

Ayollarning yalang‘och badanini ko‘p tomosha qilish odatda saraton kasalligi bilan tugaydi (erkaklarda). Bugungi kunning eng qudratli ommaviy qirg‘in quroli nima, bilasizmi? Striptizchi qizlar! Ma’lum bo‘lishicha, ayollarning yalang‘och badanini ko‘p tomosha qilish erkaklarda prostata bezi saraton kasalligini keltirib chiqarar ekan.

Demak, sivilizatsiyalashgan insoniyat qandaydir yadro bombasi yoki tabiiy resurslarning yetishmasligidan emas, balki yalang‘och xotinlarning ko‘payib ketganligidan halok bo‘layotgan ekan. Oqibatda sayyoramizda faqat musulmonlar qolsa kerak!

Bu alahsirash yoki futuristik romanning qisqacha mazmuni emas. Bunday apokalipsis yaqinlashib kelayotganligi chakana odam emas, balki mashhur shifokor, birinchi sovet kosmonavtlarini parvozga tayyorlagan, «Stressning ruhiy antropologiyasi» deb nomlangan monmumental tadqiqot muallifi, akademik Leonid Kitayev-Smik aytmoqda.

Eng qizig‘i, dinga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan dunyoviy olimning xulosalari jinsiy erkinlikni taqiqlovchi samoviy diynlarning hukmlari bilan bir xil bo‘lib chiqmoqda. Akademik ushbu ilmiy haqiqatni «Rossiya hayot uchun» deb nomlangan elektron nashrga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

— So‘nggi o‘n yilliklar davomida adenoma (bezarar o‘sma) va prostata raki bilan kasallanish yevropacha, amerikacha sivilizatsiya hukm surgan mamlakatlardagi erkaklarni epidemiya kabi qamrab oldi. Asrimizning boshiga kelib, erkaklarning 40 foizida adenoma uchragan bo‘lsa, 40 yoshdan oshganlarning yarmi bu kasallikka chalingan. AQShlik patologoanatomlar 60 yoshdan oshib vafot etgan erkaklarning 80 foizida prostata raki bo‘lganligini aniqladilar. Boshqacha qilib aytganda, ularning ko‘pchiligi bu kasallikning fojiali, azobli oqibatlarini ko‘rib ulgurmay o‘lib ketishgan. Biroq, jumboqni qarangki, musulmon mamlakatlarda erkaklar onkologiyasida bunday ko‘rsatkich yo‘q!

– Nega axir? G‘arb mamlakatlarida tibbiyot kuchliroq rivojlangan, ularda turmush farovonligi ham yuqoriroq-ku!

– Men shunday xulosaga keldim. «Iste’molchilik jamiyati» hukm surayotgan mamlakatlarda so‘nggi o‘n yilliklar davomida ayollarning qaddi-qomatini, jismoniy go‘zalligini – ilmiy til bilan aytganda, ikkilamchi jinsiy belgilarini - bo‘rttirib turuvchi yoki ochiq ko‘rsatib turuvchi kiyimlar urf bo‘ldi. Ayollarning qorniyu kindigini ochib yurishi oddiy holga aylanib qoldi. Streych-djinsilaru yoqavayron dekoltelarni ko‘rgan erkaklarning ko‘zi olma-kesak teradi…

Bularning bari jinsiy ehtirosni uyg‘otuvchi seksual signallar hisoblanadi. Shaharda yashovchi erkak bunday signallarni kuniga o‘rtacha 100-200 marta qabul qiladi, bundan hosil bo‘lgan ehtiros esa qondirilmagach, miyaga siqib chiqariladi. Erkak buni ko‘rib, ko‘rmaganlikka olishi ham mumkin, biroq qonga androgenlar to‘la miqdorda ajralib chiqadi. Ammo eng muhim gap mana shu yerda ekan! Androgenlar qonga katta (onkologik jihatdan bezarar) hajmda emas, balki o‘rtacha dozada ajralib chiqadi, bu doza esa kanserogen (saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi) miqdordir! Natijada tez-tez qo‘zg‘alib turgan, lekin nafsi qondirilmagan erkak organizmi ichdan yemiruvchi kanserogen hujumga uchraydi, bu esa og‘ir oqibatlarga olib keladi.

– Kechirasiz, lekin sizningcha har bir qo‘zg‘alish jimo‘ bilan qondirilishi kerak bo‘ladimi?

– Ha, tabiatning qonuni shunday. Erkak va ayol o‘rtasidagi yaqinlik – nasl qoldirish vositasi bo‘lib, u har qanday holatda ham organizm uchun foydalidir. Darvoqe, shuning uchun ham diyn nikohni va er-xotin o‘rtasidagi yaqinlikni rag‘batlantiradi.

Bu hodisaning fiziologiyasini lo‘nda qilib tushuntirish uchun hayvonlar hayotidan misol keltiraman. Urg‘ochi hayvon instinkt asosida eng yaxshi erkak hayvonni, yashovchan nasl qoldira oladigan erkakni qidiradi, bunday talabga javob bermaydiganlarini esa o‘zidan nari haydaydi. Biroq ana shu haydalgan, qo‘shilishdan mahrum qilingan erkak hayvonlardagi jinsiy qo‘zg‘alish saqlanib qoladi… u qondirilmaydi, balki majburan so‘ndiriladi… Ularning qonidagi androgenlar tarkibi esa o‘rtacha miqdorligicha, ya’ni onkologik jihatdan xavfli miqdorda saqlanib qolaveradi. Vaqt o‘tishi bilan ularning mijozi susayadi, so‘ng bu narsa rakka aylanadi. Shu tariqa zaif, «talabga javob bermaydigan» erkaklar brak qilinib, «tabiiy tanlanish» natijasida yo‘qolib ketaveradi.

Fanda esa xuddi shunday jarayonlar odamlarda ham yuz berishi haqidagi ma’lumotlar to‘planib qoldi. Shuning uchun jinsiy ehtirosni qo‘zg‘atuvchi ayollik ziyonatlarining ko‘z-ko‘z qilinishi, bo‘rttirib ko‘rsatilishini «seksual stress»ni hosil qilish deb qarash kerak. Bunday stress oqibatida murakkab «seksual tiyilish» kompleksi ishga tushib, bu kompleks impotensiya (mijoz sustligi) va hatto saraton kasalligi bilan tugaydi.

– G‘arbning boy va rivojlangan xalqlari nima uchun qirilib ketayotganligining sababi shundami?

– Ha, albatta, bu eng muhim mexanizmlardan biri. Men shunday xulosaga keldim va uni hammaga yetkazishga harakat qilaman: ayollarni yechintiruvchi moda yevropa elatlarini halokat sari yetaklamoqda. Ularning o‘rnida esa dunyoda ayollarining iffati va avratini himoya qila olgan va shu yo‘l bilan erkaklarini ehtiyot qiluvchi xalqlar qoladi. Bu birinchi navbatda Islom xalqlari bo‘ladi.

– Biroq, butun Afrika, Osiyo va Janubiy Amerika aholisi-chi? Ular umuman yalang‘och yurishadi-ku. U yerda iqlim issiq. Ularning holi nima bo‘ladi?

– Savolingizga savol bilan javob beraman: bunday xalqlar uzoq umr ko‘ryaptimi? Butun xalqni olganda ham, alohida kishilarni olganda ham, natija bir xil. Ularning madaniyati, sivilizatsiyasi qanday holatda? Bir narsani to‘g‘ri tushuningki, yalang‘och badan urf bo‘lgan qadimiy yunon va rimliklarni aynan shu narsa halok qilgan. Qani ular hozir? Dunyo xaritasidan yo‘qolib ketishdi-ku! Ular harbiy harakatlar natijasida qirilib ketmadi, ular ichdan yemirildilar. Injilda va Qur’onda Lut qavmi haqida aytilgan gaplar – ko‘psonli misollardan biridir. Ular o‘z-o‘zini yemirish yo‘lidan bordilar, tabiatning qonunlarini buzdilar, uning tabiiy mexanizmlarini barbod qildilar (darvoqe, «sodomizm», gomoseksualizm – gedonizmning, ehtiroslar hukmronligining uchchiga chiqqan ko‘rinishi bo‘lib, yarim yalang‘och kiyinishning oqibatlaridan biridir).

Ikkinchi tomondan, o‘z ajdodlarining an’anaviy qadriyatlariga rioya qilib kelayotgan xalqlar hamon barhayotdirlar. Bu musulmon xalqlardir. Darvoqe, bugungi slavyanlarning ajdodlari ham musulmon bo‘lishgan. Rossiyadagi barcha xalqlarning XIX asrdagi ayollar libosiga bir qarang: ayollarimizning kiyimi tanani keng, uzun etakli ko‘ylaklar, sarafanlar bilan yashirib turgan, ularning qaddi-qomatlariga hech qayerda yopishib turmagan, ko‘kraklarni esa mutlaqo bilintirmay turgan. Bu yorqin, bayramona, rang-barang (ko‘pincha ko‘proq qizil rangda) bo‘lgan, biroq bunday libos ayolni bezatgani holda, erkaklarni o‘ziga jalb qilib turgan… lekin erotik qo‘zg‘atuvlarsiz bo‘lgan.

Rus tilidagi «oprostovolistsya» degan ajoyib ifodani eslang. Uning ma’nosi «tasodifan boshyalang bo‘lib qolish»dir. Boshqa qilib aytganda, tasodifan ro‘molni tushirib yuborish, sochi ko‘rinib qolish, demakdir. Hozirgi kunda bu so‘z «xato qilib qo‘yish, bilmasdan tezda tuzatish lozim bo‘lgan ishni sodir qilib qo‘yish» degan ma’noda ishlatiladi. Mashhur Ushakov lug‘atida bu so‘zga shunday ta’rif berilgan:

OPROSTOVOLOSITSYa sov. (razg. shutl.). Oploshat, sdelav promax, oshibku. On boyalsya, chto kogda pridet k Lopuxovim posle uchenogo razgovora s svoim drugom, to neskolko oprostovolositsya. Chernishevskiy. Kak bi nam tepericha s etim delom ne oprostovolositsya. A.Ostrovskiy. (Pervonach. v russkom krestyanskom bitu o jenщine - snyat s sebya publichno golovnoy ubor, chto schitalos neprilichnim.) Slovar Ushakova

E’tibor bergan bo‘lsangiz, muallif matnning so‘nggida qavs ichida shunday izoh bergan: «Dastlab bu so‘z rus dehqonlari hayotida ayollarga nisbatan aytilgan – uning ma’nosi hammaning oldida bosh kiyimni yechish bo‘lib, bu uyat, beodoblik hisoblangan».

Qadimiy rus freskalarini, ikonalar, qo‘lyozlarni ko‘ring, o‘tgan asr xonimlarining, rus dehqon ayollarining suratlariga qarang – ayollar libosi naqadar chiroyli, iffatli bo‘lgan!

XXI asrning ko‘pchilik ayollari esa o‘zining yalang‘och oyoqlari va ochiq yoqalari bilan tom ma’noda erkaklar salomatligiga qabr kavlamoqda. Xilvat uchrashuvga yupun otlanayotgan har bir «go‘zal» birgina kishining ko‘nglini olishi mumkin, biroq yo‘lda uchragan o‘n kishini nogiron qiladi. Striptizchi qizlarni esa G‘arb sivilizatsiyasini jismonan nosog‘lom erkaklar jamiyatiga aylantirib ulgurgan «ommaviy qirg‘in quroli» deb bemalol aytish mumkin.

– Xo‘sh, bu vaziyatdan chiqish yo‘li bormi? Qiyin joyi shuki, Rossiya – o‘nlab turli millat va diynlarning vakillari yashayotgan ulkan mamlakatdir. Qadimiy yunonlarga o‘xshab qirilib ketmaslik uchun hamma birlashib biror ish qilishi mumkinmi?

– Bu juda oson. Modaga ta’sir qilish mexanizmlari bor-ku. Go‘zallik va Nufuzlilik ifodasi sifatida, xususan, ommaviy axborot vositalari orqali modaga ta’sir ko‘rsatish kerak. «Modani biroz orqaga, xalqlarimizning an’anaviy liboslari tomon qaytaramiz!» degan aniq signal berish kerak – qarabsizki, olam guliston!

Yana qaytaraman: libos madaniyati diyniy an’analarga rioya qilgan barcha xalqlarda bo‘lgan.

Ming yil orqaga, «oltin asrlar»ga qaytishga chaqirish kerak emas, go‘zallik va salomatlikning optimal nisbatini tiklasak, libosning asl maqsad-mohiyatini to‘g‘ri tushunsak bo‘ldi. Sizni ishontirib aytamanki, o‘shanda hatto butun dunyoni kiyintirayotgan xitoyliklar ham, bizning buyurtmamiz bo‘yicha «g‘arb modasi»ni emas, biz so‘ragan narsani yetkazib bera boshlaydi.

Mixail Sinelnikov

Комментарии 0

Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии

Вход

Заходите через социальные сети